Yakshanba, 28.04.2024, 12:54
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2009 » Sentyabr » 16 » Yangi sport inshootlari
Yangi sport inshootlari
14:28
Yangi sport inshootlari

O‘zA, G‘.Hasanov, 16.09.2009 13:10 


Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Samarqand viloyatining shahar va qishloqlarida zamonaviy sport majmualari qurilib, bugungi kun talablari asosida jihozlanmoqda.

Pastdarg‘om tumani Do‘rmontepa qishlog‘idagi 77-umumta’lim maktabida zamonaviy sport zali foydalanishga topshirildi. Shuningdek, maktabga 12 million so‘mlik 36 turdagi sport jihozlari berildi. Mazkur inshoot qurilishiga jamg‘arma tomonidan 132 million so‘m sarflandi. Bu yerda o‘quvchilar sportning bir necha turi bilan shug‘ullanish imkoniga ega.

– Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga qaratilayotgan e’tibor tufayli joriy yilning o‘zida viloyatimizda 21 sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi, – deydi jamg‘armaning viloyat filiali ijrochi direktori Furqat Hojiyev. – Buning uchun jamg‘arma hisobidan 3,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Ayni paytda esa ushbu inshootlarga 252,2 million so‘mlik jihozlar tarqatilmoqda.

Yangi o‘quv yili boshida viloyatdagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun 155 million so‘mlikdan ziyod sport kiyim-kechaklari berildi.

Категория: Sport xabarlari | Просмотров: 1721 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz