Yakshanba, 05.05.2024, 04:14
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Iyun » 2 » Oqsaroyda qabul
Oqsaroyda qabul
18:44
O‘zA, 02.06.2008 19:01
 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2 iyun kuni Oqsaroyda AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha yordamchisi Richard Baucherni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

– Tashrifingiz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarga doir masalalar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyatdir, – dedi Islom Karimov.

O‘zbekiston-AQSH hamkorligi xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir, jumladan, transmilliy tahdidlarga qarshi kurash hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga oid keng ko‘lamli masalalarni qamrab oladi.

Ikki tomonlama munosabatlarda o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikka ustuvor ahamiyat beriladi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asosini ellikdan ziyod hujjat, jumladan, 2002 yilda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya tashkil qiladi.

O‘zbekiston va AQSH Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish hamda ushbu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash borasida hamkorlikni davom ettirmoqda.

R.Baucher samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, AQSH O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSH munosabatlariga doir hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1321 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz