Juma, 19.04.2024, 19:14
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » Respublika xabarlari
1 2 »
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, BMT Rivojlanish dasturining “O‘zbekistonda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun huquqiy va tashkiliy salohiyatni rivojlantirish loyihasi” doirasida BMTning Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha (CEDAW) qo‘mitasining tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekistonda Milliy harakat rejasining bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Milliy harakat rejasining bajarilishi, bu borada erishilgan yutuqlar, mavjud kamchiliklarni sarhisob qilish hamda istiqboldagi harakat rejasini belgilash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tegishli vazirlik, idora, jamoat va nodavlat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 6458 | Добавил: Otabek | Дата: 16.09.2009 | Комментарии (0)

Kuz – pishiqchilik, to‘kin-sochinlik pallasi. Ayni shu faslda qovun saylini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.

Guliston shahrida o‘tgan qovun saylida viloyatdagi fermer xo‘jaliklari vakillari, dehqon va sohibkorlar o‘n xildan ziyod qovun, tarvuz va oshqovoq navlari bilan ishtirok etdi. Ayniqsa, Mirzaobod, Sardoba, Sirdaryo tumanlari dehqonlari yetishtirgan ne’matlar ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Sayl ishtirokchilari tomonidan tilimi tilni yoradigan “Amiri”, “Sariq qirqma”, “Ko‘kcha”, “Bosvoldi”, “Qorako‘l”, “Doniyor”, “Asati”, “Obi novvot”, “Kampirchopon” navli qovunlar ayniqsa yuqori baholandi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 2253 | Добавил: Otabek | Дата: 16.09.2009 | Комментарии (0)

Fermerlar uchun seminar

O‘zA, X.Mamatrayimov , 07.08.2009 14:30

Termiz shahrida O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi Germaniya texnik hamkorlik jamiyati bilan birgalikda “Fermer xo‘jaliklarida baliqchilik hamda asalarichilik sohalarini yanada rivojlantirish” mavzuida mintaqaviy seminar o‘tkazdi. Unda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati fermerlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fermerlik harakatini rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Asalarichilik va baliqchilik tarmoqlarida ham fermerlikning yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini berayotir.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1975 | Добавил: Otabek | Дата: 07.08.2009 | Комментарии (1)

Kursantlar o‘qishga shay

Markaziy harbiy okrugining Samarqand serjantlar tayyorlash maktabida yangi o‘quv yili boshlandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida ixcham va tez harakatlanadigan, zamonaviy qurol-aslaha va texnikaga ega professional armiya shakllantirilgani, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1933 | Добавил: Otabek | Дата: 06.08.2009 | Комментарии (0)

Sog‘lom avlod tarbiyasi yo‘lida

Farg‘ona shahrida “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuini yoritishda ommaviy axborot vositalarining o‘rniga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda shahar va tuman hokimlari o‘rinbosarlari, xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, tegishli boshqarma va idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1641 | Добавил: Otabek | Дата: 06.08.2009 | Комментарии (1)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturini ijro etish hamda qishloq aholi punktlarining bosh rejalari va arxitekturaviy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga muvofiq tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirish asosida qishloq aholisining turar-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida:

1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joy va ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlar qurishning tajriba loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan 42 ta yer massivi tanlab olindi;
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1565 | Добавил: Otabek | Дата: 06.08.2009 | Комментарии (0)

Zamonaviy o‘quv maskani

O‘zA, T.Beknazarov, 16.01.2009 11:35

Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘z samarasini berayotir.

Mamlakatimizda moddiy-texnik bazasi mustahkam, yuqori pedagogik texnologiyalar asosida bilim berish uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy o‘quv maskanlari ko‘payib bormoqda. Jizzax shahridagi 1-umumta’lim maktabi ana shunday ta’lim muassasalaridan biridir.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 2009 | Добавил: Otabek | Дата: 16.01.2009 | Комментарии (1)

Aholi farovonligi oshmoqda

O‘zA, Yorqul Umar, 16.01.2009 11:24

Yangiqo‘rg‘on – Navbahor tumanidagi obod qishloqlardan. Bu yerda qariyb sakkiz ming aholi istiqomat qiladi. Qishloq ahlining o‘zaro hamjihatligi, tadbirkorlarning safi kengayib, bandlik darajasi oshib borayotgani bois bu yerda turmush sharoiti sezilarli darajada yaxshilanib bormoqda.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1716 | Добавил: Otabek | Дата: 16.01.2009 | Комментарии (0)

O‘zA, D.Esonova, 16.01.2009 10:02

Baxt shahrida faoliyat yuritayotgan “Baxtmoyinvest” korxonasi Sirdaryo viloyati iqtisodiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Xorijdan zamonaviy texnologik liniyalar keltirib o‘rnatilgach, bu yerda chigitdan sifatli o‘simlik moyi, shuningdek, kunjara, sheluxa singari chorva ozuqasi ishlab chiqarish imkoniyati kengaydi. Ayni paytda bir kecha-kunduzda yuz tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga ega korxonada 90 nafarga yaqin yigit-qiz mehnat qilmoqda.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1746 | Добавил: Otabek | Дата: 16.01.2009 | Комментарии (0)

Harbiylarga bayram sovg‘asi

O‘zA, Yorqul Umar, 16.01.2009 09:22

Mamlakatimizda Vatan himoyachilari bayrami keng nishonlanayotgan shu kunlarda Navoiy viloyati hududida harbiy xizmatni o‘tayotgan bir guruh harbiylarga yangi uy kalitlari topshirildi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1469 | Добавил: Otabek | Дата: 16.01.2009 | Комментарии (1)

O‘zA, SH. Xudoyberganov, 16.01.2009 09:07

“Hazorasp-tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati Xorazm viloyatidagi eksport salohiyati oshib borayotgan sanoat korxonalaridan biridir.

Mazkur korxonada “Asaka” bankining moliyaviy ko‘magida modernizatsiyalash ishlari amalga oshirildi. Sexlardagi eski dastgohlar zamonaviy, samaradorligi yuqori texnologiyalar bilan almashtirildi. Yuzdan ziyod ishchiga qulay mehnat sharoiti yaratib berildi.

 

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1471 | Добавил: Otabek | Дата: 16.01.2009 | Комментарии (0)

2008 yil 19 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo’lib o’tdi. Majlisni Senat Raisi I.Sobirov olib bordi.

Senat Kengashi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n oltinchi yalpi majlisini shu yil 4 dekabrda Toshkent shahrida chaqirish to’g‘risida qaror qabul qildi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1963 | Добавил: Otabek | Дата: 20.11.2008 | Комментарии (0)

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Vengriya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kinga Gyons rahbarligidagi delegatsiya 19 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Dilorom Toshmuhamedova bilan uchrashdi.
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1512 | Добавил: Otabek | Дата: 20.11.2008 | Комментарии (0)

Farg’ona viloyatida ham O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 16 yilligiga bag’ishlangan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda. 

Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Konstitusiya – baxtimiz poydevori” mavzuida ana shunday tadbir o’tkazildi. Unda huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari, umumta’lim maktablari o’qituvchilari, o’quvchi yoshlar ishtirok etdi

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1684 | Добавил: Otabek | Дата: 20.11.2008 | Комментарии (1)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008 yil 30 sentabrda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joylarda ushbu muhim siyosiy tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Mahdumi A’zam” mahallasi ahli jamiyat hayotida faol ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1427 | Добавил: Otabek | Дата: 16.11.2008 | Комментарии (0)

Istiqlol yillarida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida qishloqda mulkdorlar sinfi shakllanib, fermerlik harakati rivojlanmoqda.

Xo‘jayli tumanidagi “Jaloyir” fermer xo‘jaligi rahbari Oybek Seytimov ham mehnatdan qadr topayotgan yurtdoshlarimizdan. U 60 gektarga yaqin maydonda dehqonchilik qilib, g‘alla va paxta yetishtiradi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1574 | Добавил: Otabek | Дата: 16.11.2008 | Комментарии (0)

Toshkent shahrida “Simsiz tizimlarni joriy etishning huquqiy, texnik va iqtisodiy jihatlari” mavzuidagi seminar ish boshladi. Tadbirni Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqi (“ITU”) Aloqa sohasida mintaqaviy hamjamiyat va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etdi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon, Moldova, Turkiya va boshqa mamlakatlardan vakillar ishtirok etmoqda.

Seminar dasturida simsiz aloqa tizimidagi eng yangi texnologiyalar ko‘rib chiqilmoqda,
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1652 | Добавил: Otabek | Дата: 14.11.2008 | Комментарии (0)

Prezident Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan, jahonda ro‘y berayotgan murakkab iqtisodiy inqiroz sharoitida ham barqaror o‘sishni ta’minlaydigan iqtisodiy siyosat mamlakatimiz bank tizimini rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Yetakchi reyting agentliklari boshqa mamlakatlar banklariga bergan reytinglarini pasaytirayotgan yoki qator xalqaro bank institutlari reytingi bo‘yicha
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1408 | Добавил: Otabek | Дата: 14.11.2008 | Комментарии (0)

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sinxron suzish federatsiyasi singari bir qator tashkilotlar hamkorligida sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” xalqaro musobaqasi tashkil etildi.
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1585 | Добавил: Otabek | Дата: 14.11.2008 | Комментарии (0)

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

10.11.2008 21:02

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashuvi darajasini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil eta boshlash hamda jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda bankning ishtirokini kengaytirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini aktivlashtirish va kasanachilikni rivojlantirish hisobiga aholi bandliligini oshirish, tadbirkorlik subyektlarining mini-texnologiyalarni va zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun imtiyozli kreditlardan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash maqsadida:

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1587 | Добавил: Otabek | Дата: 11.11.2008 | Комментарии (0)

1-20 21-39
Otabek © 2024Хостинг от uCoz