Yakshanba, 05.05.2024, 08:54
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Iyun » 2 » Zirabuloq tajriba sinov zavodi: imkoniyatlar kengaymoqda
Zirabuloq tajriba sinov zavodi: imkoniyatlar kengaymoqda
18:47

O‘zA, G‘.Hasanov, 02.06.2008 18:54

Samarqand viloyati Narpay tumanidagi “Zirabuloq tajriba sinov zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qishloq xo‘jaligi texnika vositalari uchun ehtiyot qismlar tayyorlanadi.

Ellikdan ziyod ishchi-xodim mehnat qilayotgan korxonada ishlab chiqarish samaradorligi yil sayin oshib bormoqda. O‘tgan yili korxona buyurtmachilarga 400 million so‘mlikdan ortiq mahsulot yetkazib bergan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni ikki baravarga oshirish mo‘ljallanayotir.

– Asosiy buyurtmachilar viloyatimizdagi mashina traktor parklari va fermerlar hisoblanadi, – deydi korxona rahbari Ibrohim Haydarov. – Shuningdek, aholi va xususiy tadbirkorlardan tushgan buyurtmalar bo‘yicha turli metall buyumlar ham yasab beramiz. Ichki imkoniyatlarni hisobga olgan holda faoliyatimizni kengaytirishga harakat qilmoqdamiz. Jumladan, tender tanlovlarida qatnashib, qurilish ishlari bo‘yicha ham buyurtma olyapmiz. Bundan tashqari korxonaga investitsiya jalb etish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish hamda o‘nlab yangi ish joylari tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1453 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz