Yakshanba, 05.05.2024, 13:56
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Sentyabr » 9 » Qonun loyihasi muhokamasi
Qonun loyihasi muhokamasi
05:59

O‘zA, T.Botirbekov, 08.09.2008 19:23

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining “O‘zbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qo‘mita raisi A.Mo‘minov boshqargan tadbirda sohaning yetakchi mutaxassislari, ekspertlar, amaliyotchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori B.Alimov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda noshirlik sohasi rivojiga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi. Noshirlik faoliyati bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar, jumladan, davlat standartlari ishlab chiqilgani sohadagi munosabatlarni huquqiy jihatdan muvofiqlashtirishga xizmat qilmoqda.

Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish jarayonida noshirlik faoliyatini demokratik andozalar asosida yo‘lga qo‘yish, mustaqil nashriyotlar ishini tashkil etishning huquqiy asoslarini kuchaytirish, aholining noshirlik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq qondirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yig‘ilishda “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida“gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha ishchi guruhining axboroti tinglandi. Mamlakatimizda “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi amaldagi qonun 1996 yilda MDH davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib qabul qilingan.

Qo‘mita tomonidan ushbu qonun ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat-tahlil yakunlari shuni ko‘rsatadiki, yurtimizda davom etayotgan izchil islohotlar, yangilanishlar, jamiyatning demokratlashuvi noshirlik faoliyatiga oid qonunchilikni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ayni paytda, O‘zbekiston Respublikasining Bern Konvensiyasiga a’zo bo‘lishi noshirlik sohasiga doir milliy qonunchilikni xalqaro huquq normalari asosida qayta ko‘rib chiqishni taqozo etayotir.

Yig‘ilishda qonun loyihasini ana shu talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish yuzasidan bir qator taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1156 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz