Juma, 26.04.2024, 09:34
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 1 » Yoshlarning huquqiy bilimi oshmoqda
Yoshlarning huquqiy bilimi oshmoqda
08:51

Yoshlarning huquqiy bilimi oshmoqda

O‘zA, X.Mamatrayimov, 01.11.2008 09:32

Davlatimiz rahbari Islom Karimovning shu yil 1 mayda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida Termiz shahrida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat va shahar hokimligi, huquq-tartibot idoralari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining viloyat bo‘limi kengashi, ta’lim-tarbiya muassasalari vakillari, o‘quvchi va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida sud-huquq tizimida izchil islohotlar olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan pirovard maqsad – jamiyatda inson huquqlari ustuvorligiga erishishdan iborat. Bosh Qomusimiz va uning asosida qabul qilingan milliy qonunlarimizda inson manfaatlari va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy kafolatlari mustahkamlangan.

Davra suhbatida shular xususida atroflicha so‘z yuritilib, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini yanada kengroq targ‘ib qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir doirasida o‘quvchi va talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi huquq bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1222 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 veritas55  
0
dollar ajjoyib

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz