Juma, 03.05.2024, 20:40
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 1 » “Yangi avlod”: yosh iste’dodlar ko‘rigi
“Yangi avlod”: yosh iste’dodlar ko‘rigi
08:52

“Yangi avlod”: yosh iste’dodlar ko‘rigi

O‘zA, T.Beknazarov, 01.11.2008 09:43

Jizzax shahrida “Yangi avlod-2008” bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, Xalq ta’limi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida o‘tkazilgan festivalda ishtirokchilar klassik, vokal, milliy cholg‘u asboblari ijrochiligi, raqs, tasviriy san’at va badiiy ijod yo‘nalishlarida iqtidor va mahoratini namoyish etdi.

Bu yil quyi bosqichlardan saralangan 234 o‘g‘il-qiz an’anaviy festivalning viloyat bosqichida qatnashishga muvaffaq bo‘ldi. Tanlovda ishtirokchilarning ijodiy mahorati sezilarli darajada o‘sgani namoyon bo‘ldi. Eng iqtidorli deb topilgan 12 o‘g‘il-qiz festivalning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

“Mening qizlarim – Gulchehra pianino, Go‘zal esa dutor chalishda o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi, – deydi jizzaxlik Mahbuba Hotamova. – Mamlakatimizda yoshlarning ijodiy izlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual salohiyatini, iste’dodini namoyon etishiga ko‘maklashish maqsadida yaratilayotgan sharoitlardan, e’tibor va g‘amxo‘rlikdan biz, onalar g‘oyat mamnunmiz”.

Festival ishtirokchilarning gala konserti bilan yakunlandi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1269 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz