Shanba, 23.02.2019, 18:21
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 1 » Salomatlik poyezdi jo‘nab ketdi
Salomatlik poyezdi jo‘nab ketdi
08:53

Salomatlik poyezdi jo‘nab ketdi

O‘zA, A.Ivanova, 01.11.2008 10:26

Yoshlar yili vazifalarini bajarishda mamlakatimizning davlat va jamoat tuzilmalari faol ishtirok etmoqda. Jumladan, “Ekosan” ekologiya va salomatlik xalqaro tashkiloti “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksionerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikamizning ekologik holat murakkab bo‘lgan chekka hududlariga muntazam ravishda salomatlik poyezdlarini jo‘natmoqda.

Navbatdagi ana shunday poyezd Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Umumiy qiymati 80 million so‘mlik ushbu muruvvat yuki tarkibida kiyim-kechak, poyabzal, sanitariya-gigiyena vositalari va boshqa iste’mol tovarlari bor. U kam ta’minlangan yosh oilalar, farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan yosh ayollar, shuningdek, Orolbo‘yi hududidagi maktab o‘quvchilariga yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, yukning bir qismi viloyat tumanlaridagi ta’lim, tibbiyot va boshqa ijtimoiy muassasalarga topshiriladi.

Yil boshidan buyon 24 ta poyezd va avtopoyezd tashkil etildi. Ularda qariyb 1,1 milliard so‘mlik muruvvat yordami yetkazib berildi. Ushbu yordamni tashkil etishda Ekologiya va salomatlik kunlari doirasida o‘tkazilgan ekologik hasharlardan tushgan mablag‘lardan ham foydalanildi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1007 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2019Хостинг от uCoz