Juma, 29.03.2024, 11:19
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 11 » Buyuk istiqbolimiz egalari
Buyuk istiqbolimiz egalari
05:15

“Yoshlar yili” Davlat dasturining amalga oshirilishi natijasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan millionlab yoshlarimiz hayotga katta umid va ishonch bilan kirib kelmoqda.

“Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir”. Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 15 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda shunday degan edi. Davlatimiz rahbarining taklifiga binoan 2008 yil Yoshlar yili deb e’lon qilindi va “Yoshlar yili” Davlat dasturi qabul qilindi.

O‘tgan vaqt mobaynida ushbu Dastur ijrosini ta’minlash borasida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.

*Mustahkam huquqiy himoya – amalda

“Yoshlar yili” Davlat dasturi doirasida, avvalambor, mustaqillik yillarida qabul qilingan amaldagi qonun hujjatlarining yoshlar manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga oid qismi bugungi kunda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va dasturlarining mazmun-mohiyatiga mosligi nuqtai nazaridan tahlil qilib chiqildi. Bu borada yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjat ro‘yxati tuzilib, qaysi qonun hujjatlari takomillashtirishni taqozo etadi va yana qanday yangi huquqiy hujjatlar qabul qilinishi lozimligiga jiddiy e’tibor qaratildi.

Joriy yilning 8 yanvaridan e’tiboran “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Bola huquqlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yo‘li bilan bolalarni, shu jumladan, yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilishning amaldagi tizimi samaradorligini oshirish mazkur qonunning asosiy maqsadlaridandir.

Prezidentimiz tomonidan shu yilning 16 aprelida yana bir muhim hujjat – “Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun imzolandi. E’tiborli jihati shundaki, bolalar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan mazkur qonun bilan amaldagi bir qancha qonun hujjatlari takomillashtirildi.

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoida-talablariga ham asoslanadi. O‘zbekiston bevosita yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan o‘ttizdan ortiq xalqaro-huquqiy hujjatning ishtirokchisidir. Jumladan, joriy yil 4 aprelda “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiyani (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun, 8 aprelda esa “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyani (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun kuchga kirdi.

Shu tariqa mamlakatimizda yoshlar huquqlarini barcha sohalarda himoya qilish maqsadida tegishli tashkiliy-huquqiy asoslar to‘la shakllantirildi. Ayni chog‘da ushbu huquqiy asosni yanada takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Qabul qilinayotgan barcha qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlarning zamirida yagona g‘oya mujassam. Bu g‘oya, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, sog‘lom zurriyot, ya’ni jismoniy va ma’naviy yetuk avlod shakllanishi va o‘z imkoniyatlarini hamda salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur tizimni yaratish, yoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoyalash, zamonaviy bilim va kasbga ega bo‘lishini, jamiyatimiz hayotida munosib o‘rin egallashini ta’minlashdan iborat.

Bugungi kunda shuni ishonch bilan aytish mumkinki, bu boradagi milliy qonunchilik tizimimiz xalqaro huquqning demokratik tamoyillariga mos kelishi bilan birga, rivojlangan demokratik davlatlarning huquqni qo‘llash amaliyotining ijobiy jihatlarini ham o‘zida mujassam etgan. Mazkur demokratik standartlar yoshlarga oid davlat siyosatining asosini tashkil etib, qonunchilik jarayonida va huquqni qo‘llash amaliyotida keng tatbiq etilmoqda.

Davlat dasturi doirasida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha statistika hisoboti tizimini joriy etish, bu borada mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilayotir.

2008 yil davomida yurtimizda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori uch marta – 1 apreldan 12 foiz, 1 sentabrdan 20 foiz va 16 noyabrdan 12 foizga oshirilganini alohida ta’kidlash darkor. Jahon miqyosidagi iqtisodiy inqiroz eng rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir sharoitda Prezidentimiz tomonidan xalqimiz, shu jumladan, yoshlarimizning daromadlari va turmush darajasini muttasil oshirib borish, ularga ijtimoiy madadni yanada kuchaytirishga muntazam ravishda e’tibor qaratib kelinmoqda.

Ta’lim olib, hunar o‘rganib…

Mustaqilligimiz o‘n yettinchi yilining Yoshlar yili deb e’lon qilinishi zamirida chuqur ma’no-mazmun mavjud. Zotan, O‘zbekiston – tom ma’noda yoshlar mamlakati. Shu jihatdan, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, aholining aksariyat qismini tashkil etadigan yoshlar muammolariga e’tiborni jalb etish masalasi davlat va jamiyatning doimiy diqqat markazida turishi shart.

Asosiy qonunimizning 37-moddasida har bir shaxsning mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani qayd etilgan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 41-moddasida: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi”, deb belgilangan.

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda insonning barcha huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shu jumladan, yoshlarimizni jismonan va ma’nan barkamol etib tarbiyalash borasidagi islohotlar hayotimizning boshqa sohalari bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan holda, tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda. Yoshlar yilida bu boradagi sa’y-harakatlar yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi. Yil boshidan buyon 149 kasb-hunar kolleji, 22 akademik litsey, 634 umumta’lim maktabi, bolalar sportini rivojlantirishning 184 obyekti ishga tushirilgan.

Yangi ta’lim maskanlari zamonaviy mebel, o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan, ularda kompyuter sinflari va lingafon xonalari tashkil etilgan. O‘quvchi va talabalarning zamonaviy bilim olishini ta’minlash bilan birga, ularning maishiy sharoitini yanada yaxshilash, sport bilan muntazam shug‘ullanishi bo‘yicha aniq rejalar hayotga keng tatbiq etilmoqda.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining hayotimizga chuqur tatbiq etilayotgani yoshlarimizga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatish, ularni ish bilan ta’minlash, sog‘ligini asrab-avaylash, ma’naviyatini yuksaltirish, qobiliyati va iqtidorini rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

“Yoshlar yili” Davlat dasturi ta’lim sohasidagi ana shu umummilliy davlat dasturlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bolalarning umumiy o‘rta ta’lim, 9-sinf bitiruvchilarining esa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan qamrab olinishi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishi va oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi, joylarda mutaxassisliklar va hududlar bo‘yicha yoshlarning ish bilan bandligi darajasini baholash, bu borada qat’iy statistika hisoboti va muntazam monitoring olib borish kabi hozir izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar shular jumlasidandir.

Joylarda yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda. Ayniqsa, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga qabul qilish tizimini yanada takomillashtirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarini joriy yilda tugatgan bitiruvchilarni to‘liq ishga joylashtirish, shuningdek, 2008-2009 o‘quv yili bitiruvchilari uchun yangi ish joylari tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning to‘qqiz oyida mamlakatimizda 545,2 ming yangi ish o‘rni ochildi. Joylarda ishbilarmonlik va xususiy tadbirkorlik, xizmatlar va servis, kasanachilik sohalarini rivojlantirish evaziga tashkil etilgan ana shu ish o‘rinlarining katta qismini yoshlar band etayotgani quvonarlidir.

Mamlakatimiz ta’lim muassasalarini oliy ma’lumotli malakali o‘qituvchilar va muhandis-pedagog kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar qilindi. Xususan, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish va ta’lim-tarbiya ishlari darajasi hamda sifatini oshirishda ularni moddiy rag‘batlantirishning samarali mexanizmi joriy etila boshlangani muhim qadam bo‘ldi.

Prezidentimizning 2008 yil 24 iyulda qabul qilingan qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 sentabridan boshlab oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlarining lavozim maoshlari o‘rtacha 25 foiz oshirildi. Bu, shubhasiz, mamlakatimiz ta’lim maskanlarida talabalarga tahsil berayotgan insonlar mehnatining munosib e’tirofidir.

Tabiiyki, bularning barchasi ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani va hayotimizda yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishayotganimizning o‘ziga xos dalolatidir. Eng muhimi, o‘z Vatanining taqdiri, buguni va kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan kadrlar tayyorlash yo‘lida amalga oshirilgan zalvorli ishlar o‘z samaralarini bermoqda.

Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq holda ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga dadil kirib kelmoqda.

Yoshlarimiz siymosida muayyan kasb, ba’zan bir necha kasb mutaxassisi sifatida diplom olgan, bir necha xorijiy tilni o‘rgangan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, mustaqil inson sifatida shakllangan, bir so‘z bilan aytganda, el-yurt xizmatiga shay, yuragi yonib, ko‘zlaridan o‘t chaqnab turgan navqiron kadrlarni ko‘rib, qalbingizda ishonch, g‘urur-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi.

Iste’dodlarga qanot bag‘ishlab

El-yurtimiz o‘zining iste’dodli farzandlari bilan, ularning xalqaro fan olimpiadalari, jahon sport maydonlari, madaniyat va san’at olamida erishayotgan katta yutuqlari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Yurtimizda yashayotgan har bir bolaning o‘ziga xos qobiliyati va iste’dodini o‘z vaqtida payqash, tarbiyalash va ro‘yobga chiqarish Yoshlar yilida nafaqat ota-onalarning ezgu maqsadi, balki jamiyatimizning burchiga aylandi.

“Yoshlar yili” Davlat dasturida bu borada belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi”, “Sen yolg’iz emassan”, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, “Iste’dod” jamg‘armalari, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Hayot” kabi nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etayotgani katta ahamiyatga ega.

“Kelajak ovozi”, “Yangi avlod”, “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” kabi respublika tanlovlarining yuqori saviyada tashkil etilayotgani yoshlarda chuqur bilim olishga intilishni kuchaytirish, ilg‘or o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish, pedagoglar o‘rtasida innovatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha raqobat muhitini shakllantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan joylarda “Yosh oila” markazlari tashkil qilindi. “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi sa’y-harakatlari tufayli shahar va qishloqlarimizda Yoshlar bog‘i barpo etildi. Baxt uylari, sport inshootlari, basseynlar, madaniyat va san’at koshonalari qad rostlamoqda.

Kezi kelganda, hozirgi yoshlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, Internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanadigan, dunyoning istalgan chekkasi bilan tezda bog‘lanib, oson muloqotga kirisha oladigan, qisqacha aytganda, jahon miqyosida voqealar shiddat bilan kechayotgan bugungi davrimizga xos va mos farzandlar ekaniga e’tiborni qaratish o‘rinlidir.

Farzandlarimizning zamon va texnikaviy taraqqiyot bilan baravar odimlayotgani qalbimizga g‘urur bag‘ishlasa, ularning ongu tafakkurini dunyoda kuchayib borayotgan turli ma’naviy tahdidlardan, “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan himoya qilish mas’uliyati bizni yanada hushyor, sezgir va ogoh bo‘lishga undaydi. “Yoshlar yili” Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida, tabiiyki, ana shu jihatlar ham nazardan chetda qolayotgani yo‘q.

Yurtimizda iqtidorli yoshlarni moddiy rag‘batlantirish va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi amal qilmoqda. Oliy o‘quv yurtlarida bakalavr, magistr va aspirantlar uchun davlat stipendiyalarining turli shakllari joriy etilgan. Ularning eng yuqorisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasidir. Ushbu stipendiya 11 yo‘nalish bo‘yicha bakalavrlar va magistrlarga hamda 5 yo‘nalish bo‘yicha aspirantlarga beriladi. Bakalavrlar uchun muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Beruniy, Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalari ham ta’sis etilgan.

Shuningdek, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida respublika olimpiadalari, tanlovlar, sport musobaqalari o‘tkazish, ana shu tadbirlarda va xalqaro miqyosdagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh ishtirokchilarni moddiy rag‘batlantirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun zarur barcha mablag‘larning Davlat budjetidan ajratilishi ham davlatimizning yoshlar taqdiri va istiqboliga nechog‘li ulkan mas’uliyat bilan yondashishini ko‘rsatib turibdi.

Xalqimiz o‘zining yuksak musiqiy salohiyati, musiqa san’atiga ulkan muhabbati bilan azaldan jahon ahlining e’tirofini qozongan. Mustaqillik yillarida zamonaviy o‘zbek san’ati dunyo miqyosida yanada ulkan obro‘ va e’tibor topmoqda. Bunda iqtidorli yoshlarning xizmati salmoqlidir. Iste’dodlarning yuksak parvozida ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizda davlat siyosatiga aylangani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, mehr va e’tibor, parvarish bo‘lmasa, o‘sish-ulg‘ayish, kamolot va taraqqiyot bo‘lmaydi.

O‘zbekistonda musiqa, tasviriy, monumental va amaliy san’at sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishilgani tasodifiy emas. Milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirishga ham e’tibor kuchaydi. Bu san’at turlari chet elda keng e’tirof etilgan. Milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish yosh avlodni ma’naviy tarbiyalashga xizmat qiladi.

Keyingi yillarda davlat idoralari bilan tegishli nodavlat tashkilotlar hamkorligi natijasida yurtimizda o‘tkazilayotgan “Nihol” va Zulfiya mukofoti tanlovlari, “Yangi avlod” va “Kelajak ovozi” ko‘rik-tanlovlari ming-minglab yosh iste’dod egalarini kashf etmoqda. “Yoshlar yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida ham o‘zaro hamkorlikda nainki mamlakatimiz doirasida, balki xalqaro miqyosda muhim ahamiyat kasb etgan tanlovlar, festivallar, forumlar va anjumanlar tashkil etildi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan kimyo fani bo‘yicha 42-xalqaro Mendeleyev olimpiadasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Bularning barchasi mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ko‘lami tobora kengayib borayotganidan dalolatdir.

Oila – ma’naviyat qo‘rg‘oni

Prezidentimiz o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “Yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishini istardim”, deb ta’kidlaydi. Davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.

Mamlakatimizda yoshlarimizga oila qurish naqadar muhim va mas’uliyatli ekanini anglatish, sog‘lom oilani shakllantirish va oilada yuksak ma’naviy-axloqiy muhitni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoit yaratish, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, oilalar mustahkamligini va manfaatlarini ta’minlash, sog‘lom farzand o‘stirish, tarbiyalash va voyaga yetkazish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Bunda, avvalambor, oilaning muqaddasligi hamda nikoh mas’uliyati bo‘yicha kelajakda er va xotin bo‘layotgan yoshlarning tafakkurini, ongini o‘zgartirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oila qurish masalasi har bir inson hayotida ulkan hodisa ekanligi, bu masala shaxsiy, xususiy doiradan chiqib, ijtimoiy ahamiyat kasb etishi haqida jamoatchilik orasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qizlarimiz ongida onalik, o‘g‘illarimizda esa ota bo‘lish mas’uliyatini shakllantirish, bunga ularni tayyorlash, yosh oilalarning huquqiy savodxonligini tubdan yaxshilash va oilada bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlar ko‘lami kengaymoqda.

Yosh oila farovonligi milliy farovonligimiz asosidir. Yosh oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Prezidentimiz uqtirganidek, sog‘lom oila vujudga kelishi uchun, avvalo, jamiyat va davlat qayg‘urishi, shunga zamin yaratib berishi lozim. Shundagina mustahkam oila dunyoga keladi. Oila sog‘lom bo‘lsa, jamiyat sog‘lom, mamlakat qudratli, yurt tinch-osoyishta, xalq esa boy bo‘ladi.

O‘z uyim – o‘lan to‘shagim. Xalqimizning ushbu purma’no naqlini so‘zma-so‘z sharhlaydigan bo‘lsak, birovning uyida yumshoq o‘rindiqda o‘tirgandan ko‘ra, tap-taqir o‘lan to‘shakda, ya’ni bo‘yrada o‘tirsang ham, o‘z uying, oilang davrasi yaxshi, degan mazmun chiqadi. Zotan, har bir o‘zbek, o‘zbekistonlik uchun Vatan – muqaddas sajdagoh bo‘lsa, o‘z uyi, yashash maskani – Vatan ichra mo‘jaz Vatandir.

Shu ma’noda, yosh oilalar uchun uylar bunyod etilishi “Yoshlar yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar orasida eng ahamiyatli, alohida tahsinga sazovor xayrli ishlardan bo‘ldi. Mamlakatimizning turli hududlarida har biri 32 xonadonli 67 uy qurilayotgani nazarda tutilsa, bu bunyodkorlik ishlari yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashishda, ularning moddiy va ijtimoiy farovonligini oshirishda nechog‘li katta ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas.

Natijada, bir tomondan, minglab yosh oilalar uyli-joyli bo‘lib hayotga ishtiyoqi, kelajakka ishonchi yanada ortayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, turmush ostonasiga yaqinda qadam qo‘ygan yoshlarning ota-onalari, qarindosh-urug‘lari, yaqinlari, mahalla-ko‘y orasida davlatimizning oqilona siyosatiga nisbatan hurmat-e’tibor tobora kuchaymoqda.

Bu borada erishilayotgan yutuqlar Prezidentimizning 2007 yil 18 mayda qabul qilingan “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha yosh avlodni, xususan, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishga yo‘naltirilgan ezgu ishlarning izchil davomidir.

Mazkur farmonga muvofiq, yosh oilalarni uy-joy sotib olish yoki qurish, uy xo‘jaligini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlar asosida yosh oilalarga ipoteka, iste’mol kreditlari va mikrokreditlar ham ajratilayotir. Ahamiyatli tomoni shundaki, bunday kreditlar evaziga yoshlarning mustaqil hayotga dadil qadam qo‘yishi, mustaqil mehnat faoliyatini boshlashi, barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, uy-joy va maishiy sharoitini yaxshilab olishi uchun amaliy rag‘bat omillari poydevori mustahkamlanmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi boshlandi. Shuni ta’kidlash joizki, mahallalar oqsoqollari va maslahatchilarining boshqa ko‘plab yo‘nalishlar qatori sog‘lom oilani shakllantirish, ko‘p bolali oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, yoshlarni turmushga tayyorlash borasida tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Prezidentimizning joriy yil 18 iyunida qabul qilingan “Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, irsiy kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarning salomatligini muhofaza qilish bilan bog‘liq keng ko‘lamli vazifalarni hayotga tatbiq etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidlash joiz.

Yurtimizda 950 mingdan ziyod yosh oila mavjud. O‘tgan davrda, bir tomondan, ana shu yosh oilalar manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining uzviy qismiga aylandi va uni amalga oshirishning zarur bo‘lgan huquqiy asoslari yaratildi, ikkinchi tomondan, yosh oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimi shakllandi, uchinchi tomondan esa, yosh oilalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish yo‘lida ko‘rilayotgan kompleks chora-tadbirlar o‘z samaralarini bermoqda.

Navqiron avlodga yuksak ishonch, e’tibor va g‘amxo‘rlikdan bahra olayotgan yosh oilalar o‘zlari qurgan yangi ro‘zg‘or uchun g‘urur va mas’uliyat hissini yanada teran anglashga, ota-onalari, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom ko‘rsatishga, o‘z farzandlarini xalqimizning boqiy ma’naviy qadriyatlari ruhida tarbiyalashga intilib yashamoqda.

…Xalqimiz 17 yil muqaddam dunyoda hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, farovon hayot quramiz, deb azmu qaror qilgan edi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, oldimizda turgan ulkan marralarni egallashning eng asosiy mezoni – bu xalqimizning baquvvat iymon-e’tiqodi, tobora yuksalib borayotgan ongu tafakkuri, hayotga, mehnatga, mulkka munosabati tubdan o‘zgarayotgani, o‘z fuqarolik burchini chuqur anglab, Vatanga muhabbat va sadoqat, daxldorlik tuyg‘usi bilan yashayotganida namoyon bo‘lmoqda.

Ayniqsa, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi sifatida maydonga chiqayotgan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida tarbiya olayotgan, jismoniy va ma’naviy sog‘lom, barkamol yosh avlodimiz timsolida bu haqiqat yana bir bor o‘z tasdig‘ini topmoqda.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 53871 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 3.5/2 |
Всего комментариев: 131 2 »
13 saleboat-mk 058  
0
hello word!

12 finishingtouchesinteriors 856  
0
hello word!

11 lambtonwildlife 246  
0
hello word!

10 bertinamuher  
0
This is going to be an excellent and informative panel from someone who’s been there and can give the hands-on perspective of how to deal with this infringement on one’s brand.

9 Cokeagesseper  
0
Навальный . хочу сказать всем что я Миронов Олег Михайлович 21.08.1959 на самом деле пи3дливый кидала, голимый болобол и ебанутый на голову !!!Прокуратура февраль 2008 Аникита суд 2011,кротов николай николаевич кретов евгений владимирович Эрнест!футбол безопасность Кох СБ память жена жена православие Кох ТВ Чарли френдинг истории , новости , Новогоднее Гайдар Роскосмос оппозиция банки . оружие видео с 2001г. по 05.03.2001г. – заместитель генерального директора ФГУП «Нацрыбресурс»; доброта ;
плюс к этому я Миронов О.М. конченый наркоман и меня кинули все - Я ИЗГОЙ! ...

8 glychocky  
0
[url=http://www.chanelbagsaihu.com/%E3%82%B7%E3%83%A3%E3%83%8D%E3%83%AB-%E8%B2%A1%E5%B8%83-chanel%E3%83%90%E3%83%83% E3%82%B0-1.html ]銈枫儯銉嶃儷銉愩儍銈癧/url]

7 Suiseeirrah  
0
hi friends
i want buy panasonic camera. What is your recommendation model?
Thank you.

6 zAlex f  
0
Hello,

5 trevory1  
0
Whats up everybody, I just signed up on this superb online community and wanted to say hi! Have a magnificent day!

4 orierwets  
0
http://www.connotea.org/user/BARABARAMcintyre

1-10 11-13
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz