Juma, 03.05.2024, 00:21
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 14 » Suv parilari bellashuvi
Suv parilari bellashuvi
05:46

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sinxron suzish federatsiyasi singari bir qator tashkilotlar hamkorligida sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” xalqaro musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqaning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan yurtimizda navqiron avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bu borada qabul qilingan farmon, qaror va dasturlarning hayotga izchil tatbiq etilishi yoshlar salomatligini mustahkamlashi barobarida yurtimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilishga qodir sportchi yigit-qizlarni voyaga yetkazishda muhim omil bo‘lmoqda.

«Yoshlar yili» Davlat dasturida yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularni turli zararli g‘oya va ta’sirlardan himoyalash, bolalar sportini rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportga o‘g‘il-qizlarni keng jalb etish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlashga «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Sinxron suzish bo‘yicha o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy «Suv parisi» musobaqasi iqtidorli sportchi qizlarni kashf etishga xizmat qilmoqda. A.Ro‘zmetova, D.Mojayeva, E.Muborakshina, M.Abrashkina, V.Popova, N.Korneyeva singari sportchi qizlarimizning xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani buning dalilidir.

Bu yil to‘qqizinchi marta o‘tkazilayotgan turnirda yurtimiz hamda xorijdan to‘qson nafardan ortiq sportchi qiz ishtirok etadi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1586 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz