Payshanba, 02.05.2024, 23:57
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 14 » Ishonchli va barqaror bank
Ishonchli va barqaror bank
05:47

Prezident Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan, jahonda ro‘y berayotgan murakkab iqtisodiy inqiroz sharoitida ham barqaror o‘sishni ta’minlaydigan iqtisodiy siyosat mamlakatimiz bank tizimini rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Yetakchi reyting agentliklari boshqa mamlakatlar banklariga bergan reytinglarini pasaytirayotgan yoki qator xalqaro bank institutlari reytingi bo‘yicha ko‘rsatkichlar yomonlashib borayotgan bir paytda O‘zbekiston banklari, aksincha, o‘z salohiyatini oshirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga navbatdagi xalqaro reytingning berilishi bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Bank matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Milliy bank “Standart & Poor`s” reyting agentligining xalqaro shkala bo‘yicha uzoq va qisqa muddatli reytinglariga sazovor bo‘ldi. Ularni o‘zgartirish ko‘rsatkichi “Barqaror” deb belgilandi.

Milliy bank O‘zbekistonda “Standart & Poor`s” reytingiga sazovor bo‘lgan birinchi bank hisoblanadi. Uning mamlakatimiz bank bozorida yetakchi o‘rin tutishi, ishonchli va barqarorligi e’tirof etildi.

Mamlakatimizning yirik bankiga “S&P” kabi nufuzli agentlikning xalqaro reytingi berilishi uning samarali faoliyat yuritayotgani, O‘zbekistonning butun bank-moliya tizimi barqaror rivojlanayotganining natijasidir.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1410 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz