Dushanba, 29.04.2024, 16:02
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 16 » Huquq va erkinliklar ifodasi
Huquq va erkinliklar ifodasi
05:40

Istiqlol yillarida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida qishloqda mulkdorlar sinfi shakllanib, fermerlik harakati rivojlanmoqda.

Xo‘jayli tumanidagi “Jaloyir” fermer xo‘jaligi rahbari Oybek Seytimov ham mehnatdan qadr topayotgan yurtdoshlarimizdan. U 60 gektarga yaqin maydonda dehqonchilik qilib, g‘alla va paxta yetishtiradi.

– Prezidentimizning fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratayotgan e’tibori biz, dehqonlarni g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilishga ruhlantirmoqda, – deydi fermer. – Mehnatdan qochmagan odam albatta ko‘zlagan maqsadiga erishadi. Fermerlik tufayli oilamizga qut-baraka kirib, dasturxonimiz to‘kin bo‘ldi. Bu yil yetishtirgan bug‘doyimizning teng yarmi o‘zimizda qoldi. Xo‘jaligimiz a’zolarining uyi bug‘doyga to‘ldi.

O‘tgan yillar davomida fermer xo‘jaligining iqtisodiy salohiyati, yerdan olayotgan hosildorlik va mehnat unumdorligi ortdi. Ayni paytda yosh fermer o‘zining qishloq xo‘jalik texnikalari – traktorlar, suv nasoslariga ega.

Fermer tasarrufidagi yerlarning sho‘rlanish darajasi yuqori bo‘lib, barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, tuproq unumdorligini oshirish uchun tinimsiz mehnat talab etiladi. Suv yo‘llari va kollektorlarni tozalash, kuzgi-qishki shudgorlashni maromiga yetkazish, yerni qishki sho‘r yuvishga tayyorlash borasidagi ishlar o‘z vaqtida bajarilmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan fermerlik harakatining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, qishloq mulkdorlari erishayotgan ulkan yutuqlar Bosh Qomusimizda kafolatlangan huquq va erkinliklarning amaliy ifodasidir.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1576 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz