Dushanba, 29.04.2024, 12:15
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 16 » Aholi ishonchi – katta mas’uliyat
Aholi ishonchi – katta mas’uliyat
05:41

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008 yil 30 sentabrda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joylarda ushbu muhim siyosiy tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Mahdumi A’zam” mahallasi ahli jamiyat hayotida faol ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Mahallada obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmui, yangi tibbiyot maskani aholi xizmatida. Yaqinda ish boshlagan tikuvchilik sexida yigirma nafardan ziyod xotin-qiz ish bilan ta’minlandi.

– Saylov jarayonida mamlakatimizda demokratik jamiyat poydevori tobora mustahkamlanib borayotganining guvohi bo‘ldik, – deydi mehnat faxriysi A.Umarov. – Yig‘in raisi ham, maslahatchilar ham mahalla ahli ishonch bildirgan vakillar tomonidan oshkoralik asosida saylandi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1429 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz