Payshanba, 25.04.2024, 21:51
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 20 » Jamiyat hayotining huquqiy poydevori
Jamiyat hayotining huquqiy poydevori
07:04
Farg’ona viloyatida ham O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 16 yilligiga bag’ishlangan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda. 

Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Konstitusiya – baxtimiz poydevori” mavzuida ana shunday tadbir o’tkazildi. Unda huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari, umumta’lim maktablari o’qituvchilari, o’quvchi yoshlar ishtirok etdi. 

Mamlakatimiz mustaqilligining huquqiy kafolati bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganish, targ’ib etish borasida umumta’lim maktablarida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, o’qituvchilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, Asosiy Qonunimizning jamiyat hayotida tutgan o’rni va mazmun-mohiyatini teran anglash huquqiy madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. 

Tadbirda ana shu masalalar xususida atroflicha so’z yuritildi. O’quvchilar tomonidan Konstitusiya bayrami munosabati bilan tayyorlangan ko’rgazma namoyish etildi. 

– Barcha maktablarimizda huquqiy savodxonlik oyligi doirasida davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa ko’plab tadbirlar o’tkazilmoqda, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari Zikrillo Teshaboyev. – Huquqiy mavzudagi turli ko’rik-tanlovlar g’oliblari aniqlanib, munosib rag’batlantirilmoqda.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1685 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 Kairi  
0
It's spooky how cleevr some ppl are. Thanks!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz