Juma, 03.05.2024, 03:20
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 20 » Vengriya delegasiyasining uchrashuvlari
Vengriya delegasiyasining uchrashuvlari
07:05
Mamlakatimizga tashrif buyurgan Vengriya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kinga Gyons rahbarligidagi delegatsiya 19 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Dilorom Toshmuhamedova bilan uchrashdi.

Muloqot chog’ida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar O’zbekiston bilan Vengriya o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni barcha jabhalarda, jumladan, parlamentarizm sohasida ham rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Ikki mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organlari o’rtasidagi munosabatlarga doir masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Vengriya tashqi ishlar vaziri O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Ilgizar Sobirov bilan muzokara o’tkazdi. Muloqot chog’ida ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Tomonlar mazkur yo’nalishdagi aloqalarni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Shu kuni K.Gyons O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri V.Norov bilan ham uchrashdi. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1513 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz