Juma, 03.05.2024, 06:40
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 20 » O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida
07:07
2008 yil 19 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo’lib o’tdi. Majlisni Senat Raisi I.Sobirov olib bordi.

Senat Kengashi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n oltinchi yalpi majlisini shu yil 4 dekabrda Toshkent shahrida chaqirish to’g‘risida qaror qabul qildi.

Senatning yalpi majlisi muhokamasiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasining 2009 yilgi Davlat byudjeti to’g‘risida”gi qarori hamda O’zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlarini kiritish rejalashtirilmoqda: “Amnistiya aktini qo’llash tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish haqida”, “Sug’urta faoliyati to’g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”, “Advokatura institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g‘risida”. Shu bilan birga “O’zbekiston Respublikasining Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to’g‘risidagi Xalqaro paktga doir, o’lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Ikkinchi fakultativ Protokolga (Nyu-York, 1989 yil 15 dekabr) qo’shilishi haqida”, “O’zbekiston Respublikasining bola huquqlari to’g‘risidagi Konvensiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ bayonnomaga (Nyu-York, 2000 yil 25 may) qo’shilishi haqida”, “O’zbekiston Respublikasining bola huquqlari to’g‘risidagi Konvensiyaga doir, bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ bayonnomaga (Nyu-York, 2000 yil 25 may) qo’shilishi haqida”, “Ishlatib bo’lingan yoqilg’i bilan muomalada bo’lish xavfsizligi to’g‘risidagi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo’lish xavfsizligi haqidagi Birlashgan Konvensiyaga (Vena, 1997 yil 5 sentyabr) O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi Senatning yalpi majlisi muhokamasiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “O’zbekiston Respublikasining 2009 yilgi Davlat byudjeti to’g‘risida”gi qarori hamda O’zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlarini kiritish rejalashtirilmoqda: “Amnistiya aktini qo’llash tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish haqida”, “Sug’urta faoliyati to’g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”, “Advokatura institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g‘risida”. Shu bilan birga “O’zbekiston Respublikasining Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to’g‘risidagi Xalqaro paktga doir, o’lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Ikkinchi fakultativ Protokolga (Nyu-York, 1989 yil 15 dekabr) qo’shilishi haqida”, “O’zbekiston Respublikasining bola huquqlari to’g‘risidagi Konvensiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ bayonnomaga (Nyu-York, 2000 yil 25 may) qo’shilishi haqida”, “O’zbekiston Respublikasining bola huquqlari to’g‘risidagi Konvensiyaga doir, bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ bayonnomaga (Nyu-York, 2000 yil 25 may) qo’shilishi haqida”, “Ishlatib bo’lingan yoqilg’i bilan muomalada bo’lish xavfsizligi to’g‘risidagi va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo’lish xavfsizligi haqidagi Birlashgan Konvensiyaga (Vena, 1997 yil 5 sentyabr) O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g‘risida”gi va boshqa bir qator qonunlar ham ko’rib chiqiladi.

Shu bilan bir qatorda senatorlar muhokamasiga O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi tarkibiga o’zgartishlar kiritish to’g‘risidagi, O’zbekiston Respublikasining bir qator xorijiy mamlakatlardagi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash to’g‘risidagi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga taalluqli bir qator boshqa masalalarni kiritish ham nazarda tutilmoqda. 

Kengash Oliy Majlis Senati qo’mitalari va Devonining o’n oltinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bilan bog’liq ishlarini muvofiqlashtirishni Oliy Majlis Senati Raisining o’rinbosari F.Muhitdinova zimmasiga yukladi. 

Kengash majlisida senatorlar, manfaatdor idora va tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari qatnashdilar. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Matbuot xizmati

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1965 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz