Chorshanba, 01.05.2024, 03:19
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2009 » Yanvar » 16 » Korxona imkoniyati kengaymoqda
Korxona imkoniyati kengaymoqda
11:01

O‘zA, SH. Xudoyberganov, 16.01.2009 09:07

“Hazorasp-tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati Xorazm viloyatidagi eksport salohiyati oshib borayotgan sanoat korxonalaridan biridir.

Mazkur korxonada “Asaka” bankining moliyaviy ko‘magida modernizatsiyalash ishlari amalga oshirildi. Sexlardagi eski dastgohlar zamonaviy, samaradorligi yuqori texnologiyalar bilan almashtirildi. Yuzdan ziyod ishchiga qulay mehnat sharoiti yaratib berildi.

– Biz yengil sanoat to‘qimachiligi mahsulotlari tayyorlash hamda gilam to‘qishda ishlatiladigan, jahon andozalari talablariga to‘la javob beradigan ip-kalava ishlab chiqaramiz, – deydi korxona direktori Rixsitilla Yusupov. – Korxonamiz yiliga 2 ming 200 tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. O‘tgan yili tayyorlangan 2 ming tonnaga yaqin ip-kalavaning 1300 tonnadan ortig‘i eksport qilindi.

Joriy yilning birinchi yarmida umumiy qiymati 800 ming AQSH dollariga teng zamonaviy ip-yigiruv dastgohlarini keltirish rejalashtirilgan. Bu qo‘shimcha ish joylari ochish, sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini beradi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1473 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz