Payshanba, 18.04.2024, 03:36
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2009 » Yanvar » 16 » Harbiylarga bayram sovg‘asi
Harbiylarga bayram sovg‘asi
11:04

Harbiylarga bayram sovg‘asi

O‘zA, Yorqul Umar, 16.01.2009 09:22

Mamlakatimizda Vatan himoyachilari bayrami keng nishonlanayotgan shu kunlarda Navoiy viloyati hududida harbiy xizmatni o‘tayotgan bir guruh harbiylarga yangi uy kalitlari topshirildi.

Mamlakatimizda harbiy xizmatning nufuzi tobora oshib bormoqda. Zamonaviy, professional armiyaning shakllangani, el-yurt osoyishtaligi yo‘lida kamarbasta bo‘layotgan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ko‘lami kengayib borayotgani buning muhim omillaridandir.

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida o‘tgan tadbirda shu haqda so‘z yuritildi. Yangi uyga ega bo‘lgan harbiylar davlatimiz rahbari rahnamoligida ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan behad mamnun ekanliklarini ta’kidladilar. Viloyat badiiy jamoalari ishtirokida konsert dasturi tadbirga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi.

– Oila a’zolarim va yaqinlarimning quvonchi cheksiz, – deydi kichik serjant Anvar Jumayev. – Barcha qulayliklarga ega yangi uyli bo‘ldik. Bunday e’tibor biz, harbiylarning kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shadi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1469 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 Edwin  
0
Hoi lieve Wanders,Weer fijn een bericht van julile. Mooi te zien dat julile foto's en verhalen steeds minder Westers zijn. Marlieke, ik had je natuurlijk op skype al eens gevraagd je doekie om te doen maar nu je op die foto ook nog zo serieus kijkt ziet het wel heel echt uit. Prachtig ook waar julile aan tafel liggen . Nu geen stoelen en over een tijdje geen bestek maar stokjes . Maar dat is nog wel ver rijden.Valt me wel op dat het toch best vrij koud oogt (ik dacht dat julile nog best fijn weer hadden) en 12 C is natuurlijk best fris. Hopelijk rijden julile weer wat meer naar goed weer toe. Fijne wander weer! Liefs, Pim, Luce, Roel en Cecile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz