Chorshanba, 01.05.2024, 09:49
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2009 » Yanvar » 16 » Aholi farovonligi oshmoqda
Aholi farovonligi oshmoqda
11:07

Aholi farovonligi oshmoqda

O‘zA, Yorqul Umar, 16.01.2009 11:24

Yangiqo‘rg‘on – Navbahor tumanidagi obod qishloqlardan. Bu yerda qariyb sakkiz ming aholi istiqomat qiladi. Qishloq ahlining o‘zaro hamjihatligi, tadbirkorlarning safi kengayib, bandlik darajasi oshib borayotgani bois bu yerda turmush sharoiti sezilarli darajada yaxshilanib bormoqda.

Mazkur qishloq fuqarolar yig‘inida zamonaviy maktab, ikkita bolalar bog‘chasi, ikkita shifoxona, o‘ttizga yaqin savdo shoxobchalari, ikkita tikuvchilik sexi va novvoyxona, fermerlarga yaqindan ko‘maklashuvchi muqobil mashina-traktor parki, xaridorlar va sotuvchilar uchun qulay sharoitga ega mo‘jaz dehqon bozori ishlab turibdi.

– Joriy yilda qishlog‘imizni yanada obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshiradigan ishlarimiz ko‘p, – deydi Yangiqo‘rg‘on qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Baxtiyor Farmonov. – Bolalarimiz bo‘sh paytlarini mazmunli o‘tkazishi uchun sport majmuasi barpo etish, qishloq vrachlik punkti qurishni rejalashtirdik. Shuningdek, 14 kilometrlik ichki yo‘llarni asfaltlash, ichimlik suvi ta’minotini yanada barqarorlashtirish uchun 24 kilometr masofaga yangi quvurlar tortish mo‘ljallanmoqda.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1717 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz