Chorshanba, 08.05.2024, 03:06
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2009 » Yanvar » 16 » Zamonaviy o‘quv maskani
Zamonaviy o‘quv maskani
11:08

Zamonaviy o‘quv maskani

O‘zA, T.Beknazarov, 16.01.2009 11:35

Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘z samarasini berayotir.

Mamlakatimizda moddiy-texnik bazasi mustahkam, yuqori pedagogik texnologiyalar asosida bilim berish uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy o‘quv maskanlari ko‘payib bormoqda. Jizzax shahridagi 1-umumta’lim maktabi ana shunday ta’lim muassasalaridan biridir.

Dastur asosida kapital ta’mirdan chiqarilib, ko‘rkam qiyofa kasb etgan maktab yangi jihozlar bilan ta’minlandi. Isitish va ichimlik suvi tarmog‘i yangilandi. Obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlariga e’tibor kuchaydi. Hozir bu yerda 1 ming 600 dan ziyod o‘quvchi bilim olmoqda.

Mazkur maktab o‘quvchilari viloyatda o‘tkaziladigan turli intellektual musobaqalarda, ko‘rik-tanlovlarda peshqadamlik qilib keladi. Ayniqsa, ularning bilimni xolis baholash mezoni bo‘lgan fan olimpiadalarida yuqori o‘rinlarni egallashi so‘nggi yillarda an’anaga aylanib bormoqda. Yaqinda o‘quv predmetlarining 17 turi bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadaning shahar bosqichida maktab o‘quvchilari umumiy hisobda birinchi o‘rinni egalladi.

Maktabda sport zalining to‘liq ta’mirdan chiqarilib, qayta jihozlanishi o‘g‘il-qizlarni sportga keng jalb etish hamda jismoniy tarbiya darslari saviyasini oshirish imkonini berdi. Buning samarasini maktab o‘quvchilarining sport bo‘yicha shahar, viloyat va respublika musobaqalarida faol qatnashayotgani misolida ham ko‘rish mumkin. Xususan, “Shunqorlar”, “Yozgi ta’til-2008”, “Umid nihollari” musobaqalarining shahar va viloyat bosqichlarida ular shohsupaning yuqori pog‘onalaridan joy oldi. 9-sinf o‘quvchisi Hayitboy Ermatov boks bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

– O‘quv maskanimizda barcha fanlar davlat ta’lim standartlari asosida chuqur o‘qitilmoqda, – deydi maktab direktori G‘ulom Usmonov. – O‘qituvchilarimizning barchasi yuqori tajriba va kasbiy mahoratga ega. Zamonaviy o‘quv-laboratoriya qurilmalari, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan keng va yorug‘ sinfxonalarda darslar amaliy mashg‘ulotlar bilan birga olib borilayotgani o‘quvchilarning har bir fanni mukammal o‘zlashtirishiga imkon yaratmoqda.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 2012 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 killthe  
0
i think all our bosses share the same gene which is the "IM UR BOSS DO WHAT I SAY OR GET FIRED" gene..hehehe! soemeitms b7is kil l bosses b lebnen go to a sacred place and have a meeting w share thoughts or something la2ano 3anjad 3andon 2afkar jhanamiyeh ma bfakir fiya 7adan! so seriously min wein bjebo hal 2osas i dont know!w fi shi kamen (specially in small companies) ino as long as ur boss is paying u he OWNS U, like u have to do whatever he asks u no matter what wl 2adrab ino once u have done what they asked blomoki ino keef tsarafti heik ana ken badi shi tene!!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz