Shanba, 27.04.2024, 05:20
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2009 » Avgust » 6 » Sog‘lom avlod tarbiyasi yo‘lida
Sog‘lom avlod tarbiyasi yo‘lida
09:48

Sog‘lom avlod tarbiyasi yo‘lida

Farg‘ona shahrida “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuini yoritishda ommaviy axborot vositalarining o‘rniga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda shahar va tuman hokimlari o‘rinbosarlari, xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, tegishli boshqarma va idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirish masalalariga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa, reproduktiv salomatlikni ta’minlash, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish uchun yetarli shart-sharoit yaratish borasida qabul qilingan qonun va qarorlar, ishlab chiqilgan dasturlar o‘z samarasini bermoqda.

Farg‘ona viloyatida ham ana shunday choralar natijasida bolalar va onalar o‘limi ancha kamaydi. O‘tgan yillar davomida 19 tug‘ruq muassasasi qayta ta’mirlandi. Viloyatdagi 32 salomatlik maskani YUNISEFning “Bolalarga do‘stona munosabatdagi shifoxona” sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Prezidentimizning 2009 yil 13 aprelda qabul qilingan «Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarning muhim bosqichini boshlab berdi.

Anjumanda sohada olib borilayotgan ishlar, ona va bola salomatligini asrash yo‘nalishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalari xodimlari oldida turgan vazifalar xususida so‘z yuritildi.
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1643 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 1
1 anvar  
0
fdd

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz