Chorshanba, 01.05.2024, 22:38
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2009 » Avgust » 6 » Kursantlar o‘qishga shay
Kursantlar o‘qishga shay
09:49

Kursantlar o‘qishga shay

Markaziy harbiy okrugining Samarqand serjantlar tayyorlash maktabida yangi o‘quv yili boshlandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida ixcham va tez harakatlanadigan, zamonaviy qurol-aslaha va texnikaga ega professional armiya shakllantirilgani, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Serjantlar tayyorlash maktablarining tashkil etilishi Qurolli Kuchlarimizda shartnoma asosida xizmat qilayotgan yoshlarni yetuk mutaxassis qilib tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2001 yilda tashkil etilgan Samarqand serjantlar maktabida ham ayni paytda milliy armiyamiz uchun 8 yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu yerda tinglovchilarning jismoniy, jangovor va intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo‘lishi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan.

- Harbiylikka qiziqishim katta, shu tufayli xizmatdan so‘ng, shartnoma asosida faoliyatimni davom ettirishga qaror qildim, – deydi kursant Usen Qudratov. – Serjantlar maktabida o‘qish orqali bugun orzuim amalga oshayotganidan juda xursandman.
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1935 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz