Juma, 19.04.2024, 22:14
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2009 » Avgust » 7 » Fermerlar uchun seminar
Fermerlar uchun seminar
13:37

Fermerlar uchun seminar

O‘zA, X.Mamatrayimov , 07.08.2009 14:30

Termiz shahrida O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi Germaniya texnik hamkorlik jamiyati bilan birgalikda “Fermer xo‘jaliklarida baliqchilik hamda asalarichilik sohalarini yanada rivojlantirish” mavzuida mintaqaviy seminar o‘tkazdi. Unda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati fermerlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fermerlik harakatini rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Asalarichilik va baliqchilik tarmoqlarida ham fermerlikning yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini berayotir.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida baliqchilik hamda asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dastur doirasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda Surxondaryo viloyatida 63 baliqchilik, 55 asalarichilik fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Qashqadaryo viloyatida esa 28 baliqchilik, 18 asalarichilik fermer xo‘jaligi aholiga xaridorgir mahsulotlar yetkazib berayotir.

Joriy yilning o‘tgan davrida Surxon vohasida baliqchilikni rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan 250 million so‘mdan ortiq imtiyozli kredit ajratildi va shuning hisobiga baliqchilikka ixtisoslashgan 43 fermer xo‘jaligi tashkil etildi. Vohadagi sun’iy va tabiiy ko‘llarga 200 ming donadan ortiq baliq hamda 12,5 million dona baliq uvuldiriqlari tashlanib, parvarishlanmoqda. Muzrabot tumanidagi «Mehnat-rohat» xususiy korxonasi, Boysun tumanidagi “Qumsoy”, Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Umid», Uzun tumanidagi “At-Termiziy”, “Abu-Xurayro”, “Azizbobo” fermer xo‘jaliklarida baliq yetishtirish borasida katta tajriba to‘plangan.

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi “Azimbobo”, Mirishkor tumanidagi “Azamat” va “Bobo Ravshan”, Qamashi tumanidagi “Abdurahmonov Boburjon” singari fermer xo‘jaliklari ham baliq yetishtirishda yaxshi ko‘rsatkichlarga erishmoqda.

– Avazko‘l qishlog‘idagi yuz gektar tabiiy ko‘lda baliq parvarishlayapmiz, – deydi Mirishkor tumanidagi “Azamat” fermer xo‘jaligi rahbari Abdurahmon Xudoyberdiyev. – Ayni paytda qayta ishlash korxonasi tashkil etish borasida ish olib bormoqdamiz.

Mintaqaviy seminarda baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish asoslari, sifatli mahsulot olish, yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlash xususida so‘z yuritildi. Sohada uchrayotgan muammolar ham atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

– Tadbirda sohani yanada rivojlantirish uchun qator foydali takliflar bildirildi, – deydi Sariosiyo tumanidagi «Malika Ashurova» fermer xo‘jaligi rahbari Farruh Sohibov. – Xo‘jaligimizda 364 oila asalari parvarishlanmoqda. O‘tgan yili uch tonnaga yaqin shifobaxsh ne’mat tayyorlab, iste’molchilarga yetkazib berdik. Joriy yilda bundan ham ko‘proq asal yetishtirishni mo‘ljallayapmiz. Mazkur seminarda hamkasblarimiz bilan o‘zaro tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldik.

Seminar ishtirokchilari Uzun tumanidagi “At-Termiziy” baliqchilik va “Mayusiy” asalarichilik fermer xo‘jaligining ish tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1976 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 Etty  
0
My problem was a wall until I read this, then I ssmaehd it.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz