Yakshanba, 28.04.2024, 11:13
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2009 » Sentyabr » 16 » Gulistonda qovun sayli
Gulistonda qovun sayli
14:27
Kuz – pishiqchilik, to‘kin-sochinlik pallasi. Ayni shu faslda qovun saylini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.

Guliston shahrida o‘tgan qovun saylida viloyatdagi fermer xo‘jaliklari vakillari, dehqon va sohibkorlar o‘n xildan ziyod qovun, tarvuz va oshqovoq navlari bilan ishtirok etdi. Ayniqsa, Mirzaobod, Sardoba, Sirdaryo tumanlari dehqonlari yetishtirgan ne’matlar ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Sayl ishtirokchilari tomonidan tilimi tilni yoradigan “Amiri”, “Sariq qirqma”, “Ko‘kcha”, “Bosvoldi”, “Qorako‘l”, “Doniyor”, “Asati”, “Obi novvot”, “Kampirchopon” navli qovunlar ayniqsa yuqori baholandi.

– Qovunning shifobaxshligi, turli dardlarga davo ekani azaldan ma’lum, – deydi mirzaobodlik mirishkor dehqon Ibodulla Qushbekov. – Biz ham bir necha yildan buyon xalqimizning dasturxoniga ana shunday sara poliz mahsulotlari yetkazib bermoqdamiz. Shuningdek, Mirzacho‘l qovunlarining yo‘qolib borayotgan navlarini saqlab qolish maqsadida ana shunday noyob qovunlarning urug‘ini yetishtirishni yo‘lga qo‘ydik.

Qovun saylida o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etgan mirzaobodlik dehqonlar birinchi, Sirdaryo va Sardoba tumanlari dehqonlari ikkinchi, Guliston va Sayxunobod tumanlari mirishkorlari uchinchi o‘rinni egalladi. Mirzaobodlik tadbirkor Gavharoy Nishonovaning uy sharoitida qovun va tarvuzdan tayyorlagan povidlo, murabbo, sharbat, qovun asali, qovun qoqi, marmelad kabi shirinliklariga ham yuqori baho berildi.

G‘oliblarga viloyat hokimligining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 2254 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz