Shanba, 27.04.2024, 20:09
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2009 » Sentyabr » 16 » Xotin-qizlar huquqi doimiy himoyada
Xotin-qizlar huquqi doimiy himoyada
14:29
Xotin-qizlar huquqi doimiy himoyada

O‘zA, Go‘zal Sattorova, 16.09.2009 13:14 


“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, BMT Rivojlanish dasturining “O‘zbekistonda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun huquqiy va tashkiliy salohiyatni rivojlantirish loyihasi” doirasida BMTning Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha (CEDAW) qo‘mitasining tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekistonda Milliy harakat rejasining bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Milliy harakat rejasining bajarilishi, bu borada erishilgan yutuqlar, mavjud kamchiliklarni sarhisob qilish hamda istiqboldagi harakat rejasini belgilash maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tegishli vazirlik, idora, jamoat va nodavlat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G.Ma’rufova Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash, intellektual va ma’naviy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2009 yil 13 aprelda qabul qilingan “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. 

Bugungi ayollar nafaqat ijtimoiy-madaniy, balki iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik kabi sohalarda ham faol ish yuritmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida ularning jamiyat hayotidagi mavqeini yanada yuksaltirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, munosib mehnat sharoiti yaratishga oid masalalar qat’iy mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, xotin-qizlar mehnatining kasanachilik, kichik biznes kabi yangi, samarali usullarini rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarida ayollarni ish bilan ta’minlash, ularning huquqiy manfaatlarini, mehnat muhofazasini qat’iy himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimiz 1995 yilda Ayollar huquqlarini kamsitilishining barcha shakllariga barham berishga oid konvensiyani ratifikatsiya qilgan. Mazkur konvensiyani ratifikatsiya qilgan har bir davlat konvensiya qoidalarini hayotga tatbiq etish yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlari to‘g‘risida BMTning CEDAW qo‘mitasiga o‘zining davriy hisobotlarini taqdim etadi. O‘zbekiston ham mazkur konvensiyaning mamlakatimizdagi ijrosi bo‘yicha to‘rtta davriy ma’ruzani CEDAW qo‘mitasiga taqdim etgan. Jumladan, 2006 yilda mamlakatimizda olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilgan. CEDAW qo‘mitasi tavsiyalarida mamlakatimizda xotin-qizlar manfaatlarini himoyalash va ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuqori baholangan.

Davra suhbatida yurtimizda bu boradagi ishlarni davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari talablari darajasida amalga oshirish, mazkur jarayonda CEDAW qo‘mitasi tavsiyalarini inobatga olish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 6459 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz