El dasturxoni to‘kinligi yo‘lida
O‘zA, M.Sulaymonov, 30.10.2008 09:24
Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaxirasini yaratish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Bozorlar uyushmasi”, “Tayyorlovsavdo” korxonalari va boshqa bir qator tashkilotlar hamda xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash muassasalarining omborxonalarida oziq-ovqat zaxirasini saqlash uchun barcha shart-sharoit yaratildi.