Chorshanba, 08.05.2024, 04:39
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Oktyabr » 30 » El dasturxoni to‘kinligi yo‘lida
El dasturxoni to‘kinligi yo‘lida
08:08

El dasturxoni to‘kinligi yo‘lida

O‘zA, M.Sulaymonov, 30.10.2008 09:24

Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaxirasini yaratish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Bozorlar uyushmasi”, “Tayyorlovsavdo” korxonalari va boshqa bir qator tashkilotlar hamda xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash muassasalarining omborxonalarida oziq-ovqat zaxirasini saqlash uchun barcha shart-sharoit yaratildi.

Qo‘rg‘ontepa tumanida ikki ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaxirasini yaratish mo‘ljallanmoqda.

– Qishda ham aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rmoqdamiz, – deydi tuman “Ulgurjimevasabzavot” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Ravshanjon Abdug‘iyosov. – Asosiy mahsulotlar o‘zimizda yetishtirilayotgani bois bu borada muammo yo‘q. Meva, kartoshka, guruch yetkazib berish bo‘yicha agrofirmalar va savdo korxonalari bilan shartnomalar tuzildi.

Hozirgi kunda “Ishonch sultoni” agrofirmasi, tuman dehqon bozori qoshidagi tayyorlov savdo-xarid korxonasi, “Hamkor savdo” korxonasi kabi tashkilotlarda bu yo‘nalishdagi ishlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1308 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz