Dushanba, 06.05.2024, 03:14
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 5 » Oqsaroyda qabul
Oqsaroyda qabul
08:19

677O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 3 noyabr kuni Oqsaroyda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri meri Sezar Mayeni qabul qildi.

– O‘zbekistonda Braziliyani, uning tarixi va bugunini yaxshi bilishadi, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Braziliya jadal rivojlanib borayotgan, jahon hamjamiyati e’tiborini o‘ziga tobora ko‘p jalb etayotgan davlatdir. O‘zbekiston shaharlari, xususan, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlari bilan yaqindan tanishish to‘g‘risidagi qaroringizni qadrlaymiz.

O‘zbekiston bilan Braziliya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda 2007 yilning avgust oyida Braziliyada ilk bor bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalarining siyosiy maslahatlashuvlari muhim ahamiyatga ega. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda ham, Braziliyada ham siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ilmiy-texnikaviy sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga intilish va ishtiyoq mavjud ekanligi namoyon bo‘ldi.

Joriy yilda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar faollashdi. Sentabr oyida Braziliyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Karlos Antonio da Rosha Paranyos mamlakatimizning qator vazirlik va idoralarida muzokara o‘tkazdi.

Mamlakatlarimiz xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT doirasida yaqindan hamkorlik qiladi. Lotin Amerikasida yadro qurolini ta’qiqlash to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilgan Braziliya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud yaratish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi, mamlakatimizning mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholaydi.

O‘zbekiston ham, Braziliya ham o‘z mintaqasida muhim o‘rin tutuvchi davlatdir. O‘zbekiston Braziliya uchun Markaziy Osiyo darvozasi, ayni paytda Braziliya O‘zbekiston uchun Lotin Amerikasiga robita bo‘lishi mumkin. Ikki mamlakat ham iqtisodiy sohada, jumladan, qishloq xo‘jaligi, neft-gaz sanoati sohasida yaqin hamkorlik qilishdan manfaatdor.

6782007 yili mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 65 million AQSH dollarini tashkil etdi. 2008 yilning yanvar-iyun oylarida bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,4 marta oshdi.

Braziliyada shakarqamish, qahva, sitrus mevalar yetishtirishda, shuningdek, neft va tabiiy gaz qazib olish borasida katta tajriba to‘plangan. Sayyohlik va sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun ikki tomonda ham ulkan resurslar mavjud. O‘zbekiston va Braziliya xalqlarining boy madaniyati va san’ati, adabiyoti gumanitar sohada faol hamkorlik qilish uchun yaxshi zamindir. Bunda shaharlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Rio-de-Janeyro meri O‘zbekistonga tashrif asnosida Samarqand shahrida bo‘ldi. Samarqand va Rio-de-Janeyro shaharlari o‘rtasida sheriklik aloqalari va hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.

Rio-de-Janeyro Braziliyaning eng yirik shaharlaridan bo‘lib, ushbu mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri sanaladi. “Rio” bilan Istanbul, Jidda, Sankt-Peterburg, Barselona, Bogota, Parij, Seul, Sidney kabi shaharlar o‘rtasida sheriklik va hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Sezar Maye samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston-Braziliya munosabatlarini, O‘zbekistonning dunyoga mashhur qadimiy shaharlari bilan Rio-de-Janeyro o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga Islom Karimov e’tibor qaratgani Braziliya tomonidan yuksak qadrlanishini ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Braziliya o‘rtasidagi hamkorlikka doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1590 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 2.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz