Chorshanba, 24.04.2024, 07:04
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 05

Kimyo sanoati mahsulotlari yarmarkasi

“O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasida mineral o‘g‘itlar, defoliantlar, o‘simliklarning kimyoviy muhofazasi vositalari yarmarkasi boshlandi.

Yarmarkaning ochilishida “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari H.Shermatov mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida kimyo sanoatini barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, energiyani tejaydigan hamda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani o‘z samaralarini berayotganini ta’kidladi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1346 | Добавил: Otabek | Дата: 05.11.2008 | Комментарии (0)

Bolgariya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Georgi Parvanov 5-8 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston-Bolgariya hamkorligini rivojlantirish va kengaytirish masalalari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1180 | Добавил: Otabek | Дата: 05.11.2008 | Комментарии (0)

O‘zekspomarkazda ikki hafta davom etgan ikkinchi Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjaning dastlabki yakunlari bo‘yicha mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan uskunalarni xarid qilish yoki hamkorlikda yangi, import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun qiymati 1,4 trillion so‘mlik 1440 shartnoma imzolandi. Tadbir Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 12 noyabrda e’lon qilingan “Ichki tarmoq va sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1582 | Добавил: Otabek | Дата: 05.11.2008 | Комментарии (0)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 3 noyabr kuni Oqsaroyda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri meri Sezar Mayeni qabul qildi.

– O‘zbekistonda Braziliyani, uning tarixi va bugunini yaxshi bilishadi, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Braziliya jadal rivojlanib borayotgan, jahon hamjamiyati e’tiborini o‘ziga tobora ko‘p jalb etayotgan davlatdir. O‘zbekiston shaharlari, xususan, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlari bilan yaqindan tanishish to‘g‘risidagi qaroringizni

Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1588 | Добавил: Otabek | Дата: 05.11.2008 | Комментарии (0)

Otabek © 2024Хостинг от uCoz