Dushanba, 06.05.2024, 09:42
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 5 » O‘zbekiston iqtisodiy salohiyati yuksalmoqda
O‘zbekiston iqtisodiy salohiyati yuksalmoqda
08:21

O‘zbekiston iqtisodiy salohiyati yuksalmoqda

O‘zekspomarkazda ikki hafta davom etgan ikkinchi Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjaning dastlabki yakunlari bo‘yicha mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan uskunalarni xarid qilish yoki hamkorlikda yangi, import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun qiymati 1,4 trillion so‘mlik 1440 shartnoma imzolandi. Tadbir Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 12 noyabrda e’lon qilingan “Ichki tarmoq va sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

Iqtisodiyotni yanada modernizatsiya qilish, uning tarmoqlarini tenik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, birinchi navbatda, mamlakatimizning ichki va dunyo bozorida yuqori talabli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘zlab faoliyat olib borishi davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan muhim vazifalar sirasiga kiradi.

Mazkur sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada O‘zbekiston iqtisodiyotining real tarmoqlarining barcha yetakchi korxonalari, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ilm-fan muassasalari, oliy o‘quv yurtlari qoshidagi tashkilotlar – jami 270 dan ziyod korxona ishtirok etdi. O‘zekspomarkaz pavilyonlarida joriy yilda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va joriy qilinishga tayyor yangi milliy mahsulotlar taqdim etildi. Ular kooperatsion aloqalarni rivojlantirish asosida o‘zlashtirish lokalizatsiya va import mahsulotlari o‘rnini bosish dasturlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

– Sanoat yarmarkasi va kooperatsion birja yuksak saviyada o‘tkazildi, – deydi “Met-Fur-Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati menejeri Abdulla Akromov. – Biz bu yerda o‘z mahsulotlarimiz – yengil va mebel sanoati uchun metallofurnitura, xalq iste’moli mollari, “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi avtomobillariga mo‘ljallangan butlovchi qismlarni taqdim etish barobarida mamlakatimizning ko‘plab boshqa korxonalarining keng miqiyosdagi mahsulotlari bilan tanishishimiz uchun sharoit yaratildi. Yarmarka sharofati bilan tuzilgan shartnomalarga ko‘ra, 2009 yilda har oyda mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘rtacha 250 million so‘mga yetkazishni mo‘ljallamoqdamiz. Bu esa hozirgi paytdagidan 80 million so‘m ko‘pdir.

Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsion birja davomida ko‘plab tarmoq vazirliklari, idora, korxonalarining mutaxassislari o‘z mahsulotlarini rivojlantirish jarayoni va ularni kengaytirish rejalari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Bu esa o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkonini beradi.
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1584 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz