Dushanba, 06.05.2024, 05:29
Suv xo'jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti fakulteti
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Главная » 2008 » Noyabr » 5 » Kimyo sanoati mahsulotlari yarmarkasi
Kimyo sanoati mahsulotlari yarmarkasi
08:24

Kimyo sanoati mahsulotlari yarmarkasi

“O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasida mineral o‘g‘itlar, defoliantlar, o‘simliklarning kimyoviy muhofazasi vositalari yarmarkasi boshlandi.

Yarmarkaning ochilishida “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari H.Shermatov mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida kimyo sanoatini barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, energiyani tejaydigan hamda ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani o‘z samaralarini berayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2007 yil 27 iyulda qabul qilingan 2007-2011 yillar mobaynida kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturiga oid qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Beshinchi bor tashkil etilgan mazkur yarmarkada Qo‘ng‘irot soda zavodi, “Maksam-Chirchiq”, “Samarqandkimyo” “Navoiyazot”, “Ammofos”, “Qo‘qon superfosfat zavodi”, “Farg‘onaazot”, “Jizzaxplastmassa” ochiq aksiyadorlik jamiyatlari singari yurtimizning o‘ndan ortiq korxonasida ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar, ammofos, suprefos, superfosfat, karbamid kabi bir yuz ellik turga yaqin mahsulot namoyish etilmoqda.

- 2007 yili o‘tkazilgan yarmarkada korxonamizda ishlab chiqarilgan o‘ttiz turdan ortiq mahsulot bilan qatnashib, 17 milliard so‘mlik shartnoma imzolagan edik, – deydi Navoiydagi “Elektrokimyozavodi”ning tayyor mahsulotlar sotish bo‘limi boshlig‘i Ismatilla Jumayev. – O‘tgan bir yil mobaynida korxonamizda mahsulot turi va ishlab chiqarish hajmi yanada ko‘paydi. Ushbu ko‘rgazmada ellik turdagi mahsulotni namoyish etayapmiz. Yarmarka davomida 30 milliard so‘mlik shartnoma tuzishni rejalashtiryapmiz.

7 noyabrgacha davom etadigan mazkur yarmarkaga tashrif buyurgan qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari va fermerlar kimyoviy preparatlar va mineral o‘g‘itlarni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Категория: Respublika xabarlari | Просмотров: 1349 | Добавил: Otabek | Рейтинг: 1.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Otabek © 2024Хостинг от uCoz